O'quvchilar va guruhlar
Har o'quvchi kartasida guruhlari, davomati, to'lov tarixi, chegirmasi va tanga balansi. Guruhga qo'shish bir bosishda.
Davomat, to'lov, guruhlar va ota-onalar bilan aloqa — daftar, Excel va tarqoq xabarlar o'rniga bitta tizim. Ota-ona farzandining holatini Telegram'dan ko'radi.
Birinchi 10 kun bepul · Kartasiz boshlanadi
Har bir bo'lim alohida dastur emas — bitta tizimning qismi. Davomat belgilansa, tanga ham, ota-onaga xabar ham o'zi ketadi.
Har o'quvchi kartasida guruhlari, davomati, to'lov tarixi, chegirmasi va tanga balansi. Guruhga qo'shish bir bosishda.
Keldi, kechikdi, kelmadi, sababli. Shu yerning o'zida uy vazifasi va faollik baholanadi — baho tangaga aylanadi.
Oylik hisoblar avtomatik yaratiladi. Kim to'lagan, kim qarzdor, muddati qachon — bitta taxtada ko'rinadi.
O'quvchi davomat va faollik uchun tanga to'playdi, markaz do'konidan sovg'aga almashtiradi. So'rovlarni siz tasdiqlaysiz.
Sandiqli viktorina: to'g'ri javobdan keyin o'quvchi sandiq ochadi va raqibidan tanga o'g'irlashi mumkin. Dars kutiladigan bo'ladi.
Davomat hisoboti, to'lov eslatmasi va baho — ota-onaga avtomatik. Qo'lda xabar yozish kerak emas.
Qo'ng'iroq qilgan har bir odam voronkada: yangi, bog'landik, sinov darsi, yozildi. Hech kim unutilmaydi.
Kirim-chiqim, foyda, guruhlar to'ldirilishi. O'qituvchi ish haqi foiz, soat yoki qat'iy usulda hisoblanadi.
«Bolam bugun darsga bordimi?», «Qancha qarzim bor?» — bu savollarga endi javob yozib o'tirmaysiz. Ota-ona botga bir marta ulanadi va hammasini o'zi ko'radi.
To'g'ri javob bergan o'quvchi sandiq ochadi. Sandiqdan tanga chiqishi, balansi ikki barobar oshishi — yoki raqibidan tanga o'g'irlashi mumkin. Reyting jonli yangilanadi, hamma bir-birini kuzatib turadi.
Sardor balansining 50% qismi sizga o'tdi.
Tarif faqat o'quvchi soniga bog'liq. Barcha imkoniyatlar hamma tarifda ochiq — kesilgan versiya yo'q.
50 ta faol o'quvchigacha
150 ta faol o'quvchigacha
300 ta faol o'quvchigacha
600 ta faol o'quvchigacha
Birinchi oy arzonroq: shartnoma kunidan boshlab 10 kun bepul, qolgan kunlar uchun tarifning uchdan ikki qismi to'lanadi — masalan Oddiy tarifida 166 000 so'm. O'quvchi soni oshsa, tarif avtomatik mos keladiganiga ko'tariladi.
Yo'q. O'quvchilar ro'yxatini bir marta kiritasiz yoki biz Excel'dan ko'chirib beramiz. Guruhlar va jadval undan keyin 10-15 daqiqada tayyor bo'ladi.
Kerak emas. Hammasi Telegram ichida ishlaydi — ota-ona botga bir marta ulanadi, keyin tugma orqali kiradi. Telegram deyarli hammada bor.
Yo'q. Besh xil rol bor: egasi, administrator, yordamchi, o'qituvchi va do'kon xodimi. O'qituvchi faqat o'z guruhlarini ko'radi, to'lov va hisobot unga yopiq.
Ha. Har filial alohida markaz sifatida ochiladi, ma'lumotlari bir-biriga aralashmaydi. Tarif har biri uchun alohida hisoblanadi.
O'chmaydi. Obuna muddati tugasa tizim faqat ko'rish rejimiga o'tadi — hamma narsa joyida turadi, yangi yozuv qo'shilmaydi. To'lasangiz o'sha zahoti davom etadi.
Shartnoma kunidan 10 kun bepul. Shu vaqt ichida markazni to'liq kiritib, haqiqiy ish bilan sinab ko'rasiz.
Bog'laning — markazingizni biz kiritib beramiz va 10 kun bepul sinab ko'rasiz. Yoqmasa hech narsa to'lamaysiz.